Krishtianu Ronaldu 2010 yildan buyon ketma-ket 4 turda gol ura olmadi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 7-turida «Atletiko»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi.
Shu tariqa 30 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatida 2010 yildan buyon ilk marta ketma-ket 4 turda gol ura olmadi (may - sentyabr).
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu joriy mavsum Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan 7 tur davomida 5 ta gol urgan va ularning barchasini «Espanol» darvozasiga kiritgan (6:0). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing