
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu APL 10-turidan o‘rin olgan «Tottenxem»ga (1:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ushbu bahs durang bilan yakun topishi mumkin edi. Ikkala jamoa ham kuchli edi va g‘alaba uchun to‘p surdi. Biroq, Dele Alli bilan yuzaga kelgan vaziyatdan tashqari, umumiy olganda «MYu» o‘yinni yaxshi nazorat qildi.
O‘yin taktik jihatdan ikki jamoa uchun ham qiyin bo‘ldi. Himoyadagi bitta xato golga olib kelishini bilardik. Oxir-oqibat bu holat «Tottenxem»da yuz berdi. «MYu» bugun g‘alabaga loyiq edi.
Marsyalning goliga keladigan bo‘lsak, uning zarbasi yomon chiqdi. Biroq yomon zarbalar chiroyli gollarni yaratishga qodir», — deydi Mourinyu.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar