O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Tartib-intizom qo‘mitasi 19 noyabr kuni, Oliy Liga 29-turi doirasida Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan so‘ng, stadiondagi muxlislar va “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov o‘rtasida yuz bergan voqeani o‘rganib chiqdi.
O‘yindan so‘ng, Aleksandr Lobanov maydonni tark etar ekan, “Nasaf” klubi muxlislari uning sha’niga noloyiq so‘zlarini yo‘llab, haqorat qilishgan. "Paxtakor" darvozaboni esa bunga noo‘rin harakatlar bilan javob qaytargan. Mazkur holat PFL Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilgach, futbolchi Aleksandr Lobanovning harakatlari sabab uning jamoasi “Paxtakor” klubi 50 000 000 (ellik million) so‘m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.
O‘z navbatida, “Nasaf” klubi muxlislarining muxlislik madaniyatiga zid harakatlari sababli jamoa 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.
Agar kelgusida shunday harakatlar takrorlanadigan bo‘lsa, har ikki klub bundanda keskinroq tarzda jazolanadi. Jumladan, "Nasaf" klubi muxlislari tomonidan shunday harakatlar takrorlansa, jamoa kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazadi.
Manba: the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi