Germaniyaning Spiegel jurnali, 2013 yil iyun oyida «Real» Messini xarid qilmoqchi bo‘lgani haqidagi xabarni e’lon qildi.
Nemis nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» «Tottenhem»dan Garet Beylni sotib olishdan oldin, «Barselona» hujumchisi Lionel Messining 250 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lab, uning transferini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Madrid klubi argentinalikka yiliga 23 million yevro miqdoridagi «toza» maosh va 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma, uning otasiga 1 million yevro bonus taklif qilgan.
Agar bitim amalga oshganida, dunyo futbolida rekord o‘rnatgan bo‘lardi.
Marca xabariga ko‘ra, madridliklar bu xabarni inkor qilmoqda: «Bu xabar uydirmadan boshqa narsa emas va haqiqatdan yiroqdir».
Eslatib o‘tamiz, Messi yaqinda «Barselona» bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 700 mln yevroga oshirildi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi