O‘zbekiston milliy terma jamoasiga mashhur va katta maosh oluvchi murabbiy olib kelinmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi rahbari Ochil Ramatov ma’lum qildi.
«Endi ikki-uch yil kamroq ovqat yesak ham vaziyatni to‘g‘rilab olish uchun ishlashimiz kerak bo‘ladi. Mahalliy murabbiylar bilan ishlashimiz kerak.
Biz millionlab maosh so‘rovchi buyuk murabbiylar olib kelib, odamlarning g‘ashiga tegishimiz shart emas. Arzonroq murabbiylar, futbol o‘ynashni o‘rgata oladigan murabbiylarni topsak ham bo‘ladi.
Axir biznikilar baribir yevropacha futbol o‘ynay olmaydiku? Bizda Sovet maktabi. Himoyachilar himoyada, hujumchilar hujumda o‘ynaydi. Buni sekin-sekin o‘zgartirish kerak. Hozir bizning bolalar zamonaviy uslublarda o‘ynay olmaydi.
Qolaversa, jismoniy tayyorgarlik talab darajasida emas. 15 daqiqa yaxshi o‘ynab, keyin tili osilib qoladi. Yoshlikdan tayyorlash kerak bolalarni.
Vaziyatdan kelib chiqib ishlaymiz. Zamonaviy murabbiylarni tayyorlaymiz», degan Ramatov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...