21:15 / 26.01.2018
4 242

Ravshan Haydarov: “Finalda g‘alaba qozonish uchun borimizni berib harakat qilamiz”

Ravshan Haydarov: “Finalda g‘alaba qozonish uchun borimizni berib harakat qilamiz”
Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Vetnamga qarshi finaldan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va terma jamoa ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonib barchani xursand qilish uchun bor kuchi bilan o‘ynashini aytdi.

— Ushbu uchrashuv biz uchun muhim va unda g‘alaba qozonib barchani xursand qilishni istaymiz. Raqibni qanday jamoa ekanini bilamiz va ularga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz, — dedi Haydarov.

— Havo harorati sovuq, ammo, bu qish uchun normal. Biz mashg‘ulotlarni maydonda o‘tkazayapmiz va o‘yin paytidagi havoga ko‘nikib olishimiz uchun harakat qilamiz,- dedi Haydarov.

— Vetnam himoyada yaxshi o‘ynaydi va qarshi hujumda faol. Biz raqibni saviyasini bilamiz. Uchrashuvga yetib kelish uchun juda ko‘p kuch sarfladik. Futbolchilar uning ahamiyatini bilib turibdi. Ular g‘alaba uchun haqiqiy jangga tayyorlar. Albatta, nasib qilsa, barchaga bayram va yaxshi kayfiyat ulashish niyatida maydonga tushamiz, — dedi Haydarov.

Finalga bag‘ishlangan matbuot anjumanida terma jamoa sardori Zabihillo O‘rinboyev ham ishtirok etdi va ushbu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun terma jamoa borini berib to‘p surishini ta’kidladi.

«Ushbu o‘yinning ahamiyatini barchamiz bilib turibmiz. Finalda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishga tayyormiz. Ushbu uchrashuv final va unda bor kuchimiz bilan o‘ynashga harakat qilamiz. Biz avvalgi uchrashuvlardagi tajriba yordam berishiga va Vetnamga qarshi o‘yin biz uchun ijobiy tugashiga ishonamiz», — dedi O‘rinboyev.

Manba:www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: “Finalda g‘alaba qozonish uchun borimizni berib harakat qilamiz”