"Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etgan Shota Arveladze savollarga javob qaytardi.
Shota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Uchrashuv haqida fikr bildirishdan avval Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini, bu yo‘lda mehnat qilgan barcha insonlar va ishqibozlarni tabriklayman.
O‘yinga kelsak, bu bir bellashuvdan iborat to‘qnashuvdir. Ikkinchi imkoniyat berilmaydi. Maqsadimiz g‘alaba qozonish va bunga bor kuchimiz bilan intilamiz.
"Al-Garafa" bilan murabbiylik faoliyatimda to‘qnash kelmaganman. Ularda yaqinda murabbiy o‘zgardi, yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. Raqibni imkon qadar o‘rganib chiqdik.
Futbolda har qanday holat sodir bo‘lishi mumkin. Raqibimiz o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Bu biz uchun mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvga aylanadi. Bahsga hozirlik ko‘rish uchun tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdik. Rasmiy o‘yinlar amaliyoti borligi "Garafa"ga kichik ustunlik berar, ammo biz mavsumni yangi kuch hamda g‘alaba bilan boshlash yo‘lida borimizni beramiz.
Tarkibimizda jarohat bo‘yicha muammo yo‘q. Kecha tunda Xitoydagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan futbolchilardan uch nafari Doxaga yetib kelishdi va safimizga qo‘shilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi