
OChL 1-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Andrey Miklyayev ishtirok etdi.
"Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Mavsumni a’lo kayfiyatda boshladik. Barcha yigitlar ajoyib o‘ynashdi. 5:0 hisobidagi g‘alabadan xursandmiz. Keyingi o‘yingacha oz vaqt bor, shu bois ham tayyorgarlikni ertadan boshlaymiz. Nivaldo? Unda kichik jarohat bor edi, tavakkal qilishni istamadik. Uning holati ertaga aniq bo‘ladi. Raqibning legionerlari kelmagani rejamizga ta’sir qilmadi. Cho Jae o‘yinga tayyor edi, lekin bugungi uchrashuvda boshqa futbolchilarga imkon berdik. Uning jismoniy holati yaxshi. Mavsum uzoq va unga ham imkoniyat beramiz. Ertaga "Nasaf" jamoasiga muxlislik qilamiz. Eronda o‘ynash qiyinligini bilamiz, o‘ylaymanki ular ijobiy natijaga erishishadi", - dedi Andrey Miklyayev.
"Birinchi taymda teng o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi taymda tezkor gollar urganimiz evaziga yirik g‘alabaga erishdik. Gol urgan paytda darvozabon oldinga chiqqanini va Rashidov ochilganini ko‘rdim. Lekin zarba berdim va gol urdim. Keyingi uchrashuvlarda o‘yinoldi matbuot anjumaniga murabbiylar olib kelishsa kelaveraman", - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboyev.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar