
O‘zbek o‘g‘lonlaridan tarkib topgan “Uzbek Tigers” jamoasi hamda kubalik “Cuba Domadores” vakillari o‘rtasidagi janglar biroz avval o‘z nihoyasiga yetdi.
“Universal” sport saroyi mezbonlik qilgan bugungi boks oqshomiga 91 kg vazn toifasida o‘tkazilgan qarama-qarshilik yakun yasab berdi.
Olimpiada va Jahon chempioni Erislandi Savonga qarshi ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Sanjar Tursunovga bugun o‘zining eng yaxshi janglaridan birini o‘tkazdi.
Jangni yuqori notada boshlab olgan Tursunov jang so‘nggida ustunlikni raqib jamoa vakiliga berib qo‘ymadi va yakunda g‘alaba qozondi.
O‘tgan yili Gamburgda o‘tkazilgan Boks bo‘yicha Jahon chempionati finalida qabul qilib olingan mag‘lubiyat uchun bokschimiz “revansh” olishni uddasidan chiqdi.
91 kg: Sanjar Tursunov – Erislandi Savon
“Uzbek Tigers” 4-1 “Domadores de Cuba” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar