
Bugun O‘zbekiston Superligasida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Toshkentning "Bunyodkor" klubi o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz o‘yin davomida yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Gol urmagan jamoa esa mag‘lub bo‘ladi. "Bunyodkor"ni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman.
Bizda 22 futbolchi bor. Ularning har biri o‘ynashga loyiq. Jamoa yutqazdi. Futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Yana bir bor "Bunyodkor"ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman", - deb aytib o‘tdi Baqoyev.
Manba: SPORTS.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar