10:46 / 06.05.2018
3 107

Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamari uchun jangda rossiyalik Dmitriy Chudinovni mag‘lub etdi

Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamari uchun jangda rossiyalik Dmitriy Chudinovni mag‘lub etdi
Toshkentda WBC Silver kamari uchun 76,2 kg vazn toifasida o‘tgan 12-raundlik jangda o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov WBA’ning sobiq vaqtinchalik chempioni, rossiyalik Dmitriy Chudinovni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Jangda Chudinov 1-raqamli bokschi bo‘lib harakat qilgan bo‘lsa-da, Abdug‘ofurov raqibidan tezroq, aniqroq va turfaroq harakat qilib, haqli ravishda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu jang Chudinov uchun oxirgi o‘tqazgan 3 ta jangidagi 2-mag‘lubiyati bo‘ldi.

26 yoshli hamyurtimiz Abdug‘ofurov hisobida 11 ta g‘alaba (4 ta nokuat bilan) bor va birorta mag‘lubiyat yo‘q. Azizbek havaskor boksda O‘zbekistonning 3 karra chempioni, Butunjahon universiadasi finalchisi va jahon chempionati chorakfinalchisi hisoblanadi. Professional boksda 2016 yil may oyidan Malayziyaning Vladimir Boxing Gym promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ishtirok etib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamari uchun jangda rossiyalik Dmitriy Chudinovni mag‘lub etdi