17:32 / 04.06.2018
3 581

Rasman! Viktor Kumikov AGMK bosh murabbiyligidan ketdi

Rasman! Viktor Kumikov AGMK bosh murabbiyligidan ketdi
Bugun AGMK futbol klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish amalga oshirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bir yarim mavsum davomida jamoani boshqarib kelgan Viktor Balyutovich, jamoa rahbariyatiga murojaat etib, amaldagi shartnomani bekor qilishni so‘radi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra bugundan boshlab Kumikov va jamoa o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, o‘z arizasiga binoan katta murabbiy Oleg Korniyenko, murabbiy Roman Uzdenov, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Marat Axmerov va shifokor Mahsudjon Nazarov bilan ham amaldagi shartnomalari bekor qilindi.

Ma’lumot o‘rnida Viktor Kumikov 2017 yilgi mavsum boshida jamoani qabul qilib olgandi. U o‘tgan davr mobaynida Olmaliq klubini milliy chempionatda 43 o‘yinda maydonga boshlab tushdi. Bu uchrashuvlarda AGMK 15 g‘alaba, 12 durang va 16 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati 42:48. Shuningdek, jamoa O‘zbekiston Kubogi bahslarida o‘tgan yil 3 o‘yin o‘tkazib bir g‘alaba va ikki durang qayd etgan bo‘lsa, bu yilgi kubok bahslarida ikki g‘alaba bilan bosh sovrin yo‘lida ishtirokini davom ettirmoqda.


Jamoaning yangi bosh murabbiyi bugun kechki mashg‘ulotdan so‘ng rasman e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Viktor Kumikov AGMK bosh murabbiyligidan ketdi