JCh-2018 musobaqasi "N" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Polsha hamda Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. “Kazan Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda Kolumbiya terma jamoasining g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuv teng kurashlar bilan boshlandi va ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirlab borayotgan bir vaqtda, Xames Rodriges jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, u yerda Yerri Mina boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.
70-daqiqada Kirterodan pas qabul qilib olgan Radamel Falkao Votsex Shensni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirdi. Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas kolumbiyaliklar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi: Xames Rodriges ajoyib uzun pas bilan Xuan Kuadradoni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi va yarim himoyachi hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, Kolumbiya ushbu g‘alabadan so‘ng guruhdan chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldi, Polsha esa ishtirokini ushbu bosqichda yakunlaydigan bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.
JCh-2018
"N" guruhi 2-tur
Polsha – Kolumbiya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 40 Mina, 0:2 – 70 Falkao, 0:3 – 75 Kuadrado.
Polsha – Shchensnы, Pishchek, Bednarek, Pazdan (Glik, 80), Rыbus, Guralski, Krыxovyak, Zelinski, Bereshinski (Teodorchik, 72), Kovnatski (Grositski, 57), Levandovski.
Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas, Sanches, Agilyar (Uribe, 32), Barrios, Kintero (Lerma, 73), Kuadrado, Xames, Falkao (Bakka, 78).
Ogohlantirishlar: Bednarek (61), Guralski (85).
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?