Yasmin Zaitovaga 3 million dollarlik taklif tushgani ma’lum bo‘ldi (video)

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Yasmin Zaitovaga AQSHdan universal loyiha uchun 3 million dollarlik taklif tushdi.
- Bu taklif Yasminning Instagram'dagi faoliyati orqali kelgan va hozircha uning uchun eng katta taklif hisoblanadi.
- Nodir Zaitovning aytishicha, oila hali taklifga "xo‘p" demagan, chunki loyiha shartlarini o‘rganib, muhokama qilishni istashadi.
Milliarderlar bilan intervyulari orqali tanilgan bloger Jahongir Latipov xonanda Shirin Zaitova va bastakor Nodir Zaitov xonadonida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida Yasmin Zaitovaga AQSHdan katta loyiha uchun taklif tushgani ma’lum bo‘ldi.
Nodir Zaitovning aytishicha, hozircha Yasmin uchun eng katta taklif Amerikadan kelgan. U kontrakt qiymati million dollardan yuqori ekanini aytdi.
“Hozircha katta taklif Amerika bo‘ldi. Kontrakti ham juda katta pul. Milliondan ko‘p”, — dedi Nodir Zaitov.
Jahongir Latipov esa taklifning taxminiy summasini aniqlashtirishga urindi.
“Taxminan bilsak bo‘ladimi aniq summani? Milliondan ko‘pmi?” — deya so‘radi bloger.
“Uchlar atrofida”, — deya javob berdi Yasminning otasi.
“Uch millionmi?” — deya aniqlik kiritdi Jahongir Latipov.
“Shunaqa. Biz hali 'xo‘p' demadik. Borib, gaplashib ko‘ramiz, dedik. Sababi, bilasiz, har xil narsani reklama qilib olishi mumkin. Universal loyiha bo‘ladi, kontrakt bo‘ladi. Universal loyihada nima chiqsa, shuni reklamasiga chiqaramiz. Yoki qanaqadir rolik, balki kino bo‘lishi mumkin”, — dedi Nodir Zaitov.
Suhbatda ushbu taklif Yasminning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati orqali kelgani ham ma’lum bo‘ldi.
“Ular qayerdan ko‘rishdi? Instagramdan ko‘ribmi?” — deb so‘radi Jahongir Latipov.
“Instagramdan. U yerda o‘zbeklar ham ishlarkan, Universal'da. Ular taklif bildirishgan. Masalan, Selena Gomez ham kichkinaligidan bo‘lgan. Endi baribir men qo‘rqaman. Baribir Yasmin musulmon qiz. Shuning uchun sal o‘ylanish bor”, — dedi Nodir Zaitov.
Jahongir Latipov esa Zaitovlarga taklifni joyiga borib o‘rganish va loyiha shartlarini muhokama qilishni tavsiya qildi.
“Endi borib ko‘rib kelish kerak. Borib gaplashib, talablaringizni qo‘yishingiz kerak”, — dedi bloger.






























Izohlar 0
…