Uzun sochli futbolchi maydonda ikki qizil kartochka sababchisi bo‘ldi

Uzun sochli futbolchi maydonda ikki qizil kartochka sababchisi bo‘ldi

Angilya terma jamoasining 36 yoshli hujumchisi Eydan Skipio o‘zining g‘ayrioddiy tashqi ko‘rinishi bilan futbol muxlislari e’tiborini tortib keladi. Uning sochlari to‘pig‘igacha yetib boradi va futbolchi eng uzun sochli o‘yinchilardan biri sifatida tilga olinadi.

Biroq futbolchining uzun sochlari nafaqat uning o‘ziga xos jihati, balki maydonda kutilmagan vaziyatga ham sabab bo‘ldi.

Skipio KONKAKAF Millatlar ligasi doirasida Antigua va Barbudaga qarshi bahsning 69-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Bu vaqtda Angilya 0:5 hisobida ortda borayotgan edi.

Uchrashuv davomida futbolchining uzun sochlari bilan bog‘liq holat sodir bo‘lib, hakam tomonidan ikki marta qizil kartochka ko‘rsatilgan. Bu esa uchrashuvdagi eng g‘ayrioddiy epizodlardan biriga aylangan.

Skipioning tashqi ko‘rinishi va maydondagi vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda ham futbol muxlislarining qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar