17:39 / 17.07.2018
3 293

Shahram G‘iyosov: “Meksikalik raqibimning zaif tomonlarini bilardim”

Shahram G‘iyosov: “Meksikalik raqibimning zaif tomonlarini bilardim”
Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov kecha o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazganidan xabaringiz bor.

Unda Shahram meksikalik Daniel Echeverriyani birinchi daqiqadayoq nokautga uchratib, faoliyatidagi uchinchi g‘alabani tantana qildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng bokschimiz Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamenti bilan bog‘lanib, jang haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Fursatdan foydalanib, meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jang haqida gapiradigan bo‘lsam, u uzoq davom etmagan bo‘lsada menga ma’qul keldi. Aytib o‘tganimdek, jangga qattiq tayyorlangandim. Murabbiy bilan birga o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Raqibning kuchsiz tomonlarini bilardik va aynan shu tomonlama ustunlikka erishdik. Bundan buyog‘iga mashg‘ulotlarni davom ettiramiz va tomoshabop janglar ko‘rsatishda davom etamiz», – dedi Shahram.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov: “Meksikalik raqibimning zaif tomonlarini bilardim”