
“Real” klubi hujumchi Krishtianu Ronalduning ketganiga qaramay barcha sovrinlar uchun kurash olib borish uchun transfer bozorida jiddiy ravishda pul sarflashga tayyor. Bu haqida madridliklarning prezidenti Florentino Peres xabar berdi.
“Bu jamoadan har mavsum nimalar kutishilishi barchaga ma’lum. Biz «Real”, va biz doim ko‘proq narsani istaymiz. Bu ajoyib futbolchilari mavjud bo‘lgan g‘oliblar jamoasi. Bizda ajoyib tarkib bor va biz uni yangi, yorqin futbolchilar bilan kuchaytiramiz», - deydi Peres Goal internet-portaliga.
Sal avval “Real” safini Andrey Lunin, Vinisius Junior va Alvaro Adriosola kabi futbolchilar to‘ldirgan edi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar