Ilhom Mo‘minjonov: "Shogirdlarim men talab qilayotgan tajovuzkor futbolni ko‘rsata olishyapti"

Ilhom Mo‘minjonov: "Shogirdlarim men talab qilayotgan tajovuzkor futbolni ko‘rsata olishyapti"
Pepsi Superligasi 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi.

"Bugun stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan 20 mingdan ortiq ishqibozga minnatdorchilik bildiraman. Xatto safar o‘yinlarimizda ham muxlislarimiz bizni yolg‘izlatib qo‘yishmayapti. Shogirdlarim men talab qilayotgan tajovuzkor futbolni ko‘rsata olishyapti. Bundan xursandman. Yigitlar bugun maydonning har bir qarichi uchun kurash olib borishdi. O‘yin ritmidan kelib chiqqan holda zaxiradan futbolchilarni biroz kechroq maydonga tushirdik" - dedi murabbiy.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar