Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Jakartada Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi boshlandi. Tarixda 18-marotaba tashkil etilayotgan turnirga ilk marta ikkita shahar – Jakarta va Palembang mezbonlik qilmoqda.
Rasmiy marosimda “Gelora Bung Karno Stadium”ni boshqa ishtirokchilar qatorida O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham tantanali tarzda aylanib o‘tadi. Bokschimiz Isroil Madrimov delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekistondan 331 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyaning 50 nafarga yaqin a’zosi qatnashadi. Kun.uz muxbirining Jakartadan xabar berishicha, paraddagi ishtirokchilarning bunday kam bo‘lishiga bir necha sabablar bor.
Birinchidan, Indoneziyaning issiq va nam ob-havosi sportchilarning terlashiga olib keladi, buning natijasida organizmdan ko‘p miqdorda tuz va boshqa foydali moddalar chiqib ketadi. Ikkinchidan, terma jamoaning hamma a’zolari ham Jakartada emas – futbolchilar Bagorda, eshkak eshuvchilar va tennischilar Palembangda va hokazo. Uchinchidan esa musobaqadagi ishtirokini yaqin kunlarda boshlaydigan sportchilar ayni paytda mashg‘ulotlarga asosiy e’tiborini qaratishgan. Shularni hisobga olgan holda, delegatsiya rahbariyati ochilish marosimida mumkin qadar ixchamroq jamoa bilan ishtirok etishga qaror qilgan.
O‘zbekistonlik atletlar sportning 30 turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Ertadan boshlab, dastlab suzish, ushu, erkin kurash, o‘q otish, qilichbozlik, akademik eshkak eshish va tennis bahslarida sportchilarimiz o‘z ishtiroklarini boshlashadi.
Jakarta-2018da O‘zbekistonlik atletlar quyidagi sport turlarida medallar uchun kurashadi (qavs ichida sportchilar soni ko‘rsatilgan): kanoye / sprint (23), eshkak eshish (22), dzyudo (20), futbol (20), yengil atletika (17), jiu-jitsu (17),
taekvondo (16), gandbol (16), erkin kurash (16), kurash (15), suv polosi (13), og‘ir atletika (13), boks (11), penchak silat (11), karate (10), velosport / shosse va trek (10), sinxron suzish (10), tennis (9) sambo (8), triatlon (6), sport gimnastikasi (7), o‘q otish (5), suzish (5), golf (5), kanoye / slalom (4), ot sporti (4), qilichbozlik (4), badiiy gimnastika (4), gimnastika / trampolin (4), ushu (4), suvga sakrash (1), badminton (1). Jami – 331 nafar sportchi.
Umumiy ma’lumotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu safargi Osiyo o‘yinlarida jami 40 ta sport turi bo‘yicha 67 ta yo‘nalishda bellashuvlar o‘tkaziladi. Jami 465 ta medallar jamlanmasi uchun Osiyo Olimpiya Kengashiga a’zo barcha 45 mamlakat vakillari kurash olib borishadi. Musobaqaga tashrif buyurgan sportchi, murabbiy va rasmiy shaxslarning umumiy soni 15 ming nafardan oshadi.
Aziada rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p atlet turnir mezboni Indoneziya hissasiga to‘g‘ri keladi – jami 964 nafar sportchi. Ishtirokchilar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlardan Xitoy (893 sportchi) va Tailand (825) joy egallagan. 100 nafardan kamroq sportchi qatnashadigan davlatlar soni 14 ta.
Yirik sport festivali 2 sentyabrga qadar davom etadi. Shu kuni 76000 tomoshabinga mo‘ljallangan ayni stadionda rasmiy yopilish marosimi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz so‘nggi 6 ta Osiyo o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston olimpiyachilarining erishgan natijalariga bag‘ishlab infografika e’lon qilgan edi. Infografika sharhida O‘zbekiston o‘z rekordini yangilash uchun Jakartada nechta medal yutishi kerakligi, shuningdek, bu safargi aziadadagi ishtirokimizga sifat jihatdan baho berish ko‘rsatkichlari keltirib o‘tilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?