
Kecha “Lokomotiv” PEPSI Superligasining 22-turi doirasida “Buxoro”ni mag‘lub etdi.
Ushbu uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Andrey Fyodorov futbolchilarga 25 avgust sanasigacha dam berdi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Lokomotiv”ning 10 nafar futbolchisi esa Ektor Kuperning O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk yig‘inlariga jalb qilinadi.
Superliganing 3-bosqichi 13 sentyabr kuni start olishi rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar