UYeFA o'zining rasmiy saytida Yevropaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi uchun nomzod uch nafar o'yinining nomlarini e'lon qildi.
Nomzodlar qatoriga «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich, uning sobiq jamoadoshi, hozirda «Yuventus» a'zosi Krishtianu Ronaldu va «Liverpul»dan Muhammad Saloh o'rin olishgan.
Ushbu sovrin o'z egasiga 30 avgust kuni Chempionlari ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida topshiriladi.
O'tgan mavsum «Real» klubida Modrich va Ronaldu Ispaniya chempionatida uchinchi o'rinni egallashdi va uchinchi marotaba ketma-ket YeChLda g'olib bo'lishdi. «Liverpul» esa Angliya chempionatini 4-o'rinda yakunlab YeChL finaliga qadar etib bordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.