
23-24 avgust kunlari Indoneziya maydonlarida Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasida pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi.
«V» guruhi yetakchisi sifatida keyingi bosqichga yo'l olgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga chorak final yo'lida Gonkong olimpiyachilari raqib bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov murabbiyligidagi jamoa guruh bosqichida 10 ta gol kiritib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.
Hongkong «A» guruhida 3-o'rin bilan pley-offga chiqdi (3-o'rinni egallagan 6 jamoa ichida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etgan). Jamoa dastlabki ikki o'yinida autsayderlarni mag'lub etib (Laos – 3:1, Xitoy Taypeyi – 4:0), guruhda 2-o'rinni olgan Falastin bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. So'nggi turda esa beshlik g'olibi Indoneziyaga imkoniyatni boy berdi – 1:3.
O'zbekiston – Gonkong uchrashuvi Bekasi shahridagi «Sikarang» stadionida, bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi. Bahsning muzaffar jamoasi chorak finalda 26 avgust kuni Eron – Janubiy Koreya juftligi g'olibi bilan ro'baro' keladi.
OSIYo O'YINLARI
Nimchorak final
23 avgust
14:00. Falastin – Suriya
14:00. O'zbekiston – Gonkong
17:30. Vetnam – Bahrayn
17:30. Eron – Janubiy Koreya
24 avgust
14:00. Xitoy – Saudiya Arabistoni
14:00. Indoneziya – BAA
17:30. Malayziya – Yaponiya
17:30. Bangladesh – KXDR
O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar