Osiyo oʻyinlari chempioniga aylangan bokschi Iqboljon Xoldorov taqdirlash marosimidan soʻng Kun.uz muxbiriga intervyu berdi.
«Xudoga shukr, boksda hammasi juda chiroyli oʻtdi. Yetti nafar bokschimizdan hammamiz finalga yetib keldik. Bu gʻalabalarimizni prezidentimizga, Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga bagʻishlaymiz. Oʻylaymanki, bu muvaffaqiyatlarimiz Oʻzbekistonga bayram uchun yaxshi sovgʻa boʻladi.
Umuman olganda, Osiyo oʻyinlari kichik Olimpiada hisoblanadi. Bu musobaqalarga har bir sportchi katta umidlar, katta masʼuliyat, tayyorgarlik bilan keladi. Ilk janglarimiz oson boʻlmasligini ham yaxshi bilardik, sababi barcha raqiblar bizni yutaman, deb chiqdi. Oʻylaymanki, tayyorgarlik yaxshi boʻldi - 7 nafar sportchidan barchasi finalga chiqdi. Osiyo oʻyinlari bizga dars ham boʻldi. Avval koʻzga koʻrinmagan sportchilar ham bu yerga kuchli tayyorgarlik bilan kelishini bildik. Moʻgʻuliston, Filippin, Hindistondan kuchli bokschilar kelibdi.
Oldindan bizdan qancha bokschi finalga chiqishi haqida oʻylamagandim. Hamma yutish uchun keladi. Biz bu yerga rekord natija uchun keldik, faqat oltin uchun harakat qildik. Hammamiz chempion boʻlib, oltin olib, Oʻzbekistonga sensatsion natija bilan qaytamiz, deb niyat qilgandik», - deydi Xoldorov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”