
Oʻzbekiston kubogi bahslari ham sekin-asta oʻzining qizgʻin pallasiga kirib bormoqda.
18-19 sentyabr kunlari jamoalar 1/4 final uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Professional Futbol Ligasi Sport telekanali hamda klublar bilan kelishgan holda chorak final uchrashuvlari boshlanish vaqtlarini belgiladi. Bunda barcha oʻyinlarning Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi inobatga olindi.
Oʻzbekiston kubogi-2018
1/4 final
18 sentyabr
18.00 “QOʻQON-1912” – “QIZILQUM”
20.00 “PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
19 sentyabr
20.00 AGMK – “MASHʼAL”
18.00 “ANDIJON” – “BUNYODKOR”
Taʼkidlash joiz, chorak final oʻyinlari bitta uchrashuvdan iborat boʻladi. Gʻoliblar yarim finalga yoʻl olishadi.
Manba: www.ufa.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar