
Pepsi Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Navbahor” - “Paxtakor” (3:3) uchrashuvidan soʻng “sherlar” ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
"Bunday yomon holatdagi maydon hech qayerda yoʻq. Superligada sharoitlar shunga yarasha boʻlishi lozim. Bu qadar yomon maydonda oʻynash uyat. Biz ikki bor hisobda oldinga chiqdik, ammo toʻp oʻtkazib yubordik.
Maydon futbol oʻynashga xalal bermoqda. Hammaga - bizga, raqibga, futbolchilarga yaxshiroq oʻynashga. Hech kimni ayblashni istamayman.
Biz koʻplab vaziyatlardan foydalana olmadik. Darvozabonlar jamoani qutqarish uchun oʻz joylarida turishadi. Olti gol va stadiondagi muhit sababli oʻyin ajoyib kechdi. Hamma uchrashuvlar shunday saviyada oʻtishiga umid qilaman", - dedi gruziyalik mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing