
“Manchester Yunayted” klubining sobiq sardori Ueyn Runi mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourinoni qoʻllab-quvvatladi.
“Manchester Yunayted” juda ham qiyin vaziyatda qoldi. Mourinoga koʻplab tanqidlar yogʻdirildi, biroq men ikki hafta oldin “MYU” futbolchilariga yanada yaxshiroq oʻynash kerakligini aytganman. Murabbiy koʻp narsaga javob beradi, lekin oxir oqibat hammasini maydonda futbolchilar hal qiladi. Bu umumiy muammo, Joze oson oʻlja boʻldi. Futbolchilar yaxshiroq oʻynashi lozim.
Huddi shunday vaziyat Lui van Gal ishlayotgan paytda ham boʻlgan edi. Unga ham koʻplab tanqidlar yogʻdirilgan, men doimo sheriklarimga shuni aytganman: “Biz oʻzimiz yaxshiroq oʻynashimiz kerak”. Mening fikrimga koʻra, van Gal bizni juda ham yaxshi tayyorlar edi, lekin biz buni maydonga olib chiqa olmas edik», - deydi Runi Sky Sports nashriga.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar