Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlari davom etmoqda.
Mazkur oʻyinlarda oʻzbekistonlik paralimpiyachilar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Sportchilarimiz shu kunga kelib 60 dan ziyod medallarni qoʻlga kiritib ulgurishgan.
Quvonarlisi, ushbu oʻyinlar davomida vatandoshlarimiz uchun yoqimli boʻlgan holat kuzatildi. Kuzatilganida ham bir marotaba emas, toʻrt marotaba bunday yoqimli manzaraning guvohi boʻldik.
Suzish bahslari yakunlariga koʻra, toʻrt marotaba shohsupadan faqat OʻZBЕK farzandlari oʻrin olishdi.
Avvaliga 8 avgust kuni erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtlarimiz Islam Aslanov, Muzaffar Tursunxoʻjayev va Dmitriy Xorlinlar shohsupaga koʻtarilishdi. Bugun esa Osiyo bunday manzaraga uch marotaba guvoh boʻldi. Batterflyay usulida 100 metrga suzish boʻyicha erkaklar oʻrtasida Islam Aslanov, Kirill Pankov va Dmitriy Xorlin, ayollar oʻrtasida esa Shohsanamxon Toshpoʻlatova, Fotimaxon Amilova va Nigoraxon Mirzohidovalarga teng keladigan raqiblar topilmadi.
Soʻngra, 100 metrga ayollar oʻrtasida chalqancha suzish bellashuvlarida ham uch nafar oʻzbek qizi Shohsanamxon Toshpoʻlatova, Nigoraxon Mirzohidova va Fotimaxon Amilovalar marraga raqiblaridan tezroq yetib kelishdi.
Kecha Paraosiyo oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha ham, medallar jamgʻarish boʻyicha ham rekord yangilangandi. Taʼkidlash lozimki, Jakartada Oʻzbekiston Paraosiyo oʻyinlari tarixida oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etmoqda.
Manba: www.olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)