Kuper Odil Ahmedovni Avstraliyaga olib ketmaydi

1 daqiqa o'qish4.1K
Kuper Odil Ahmedovni Avstraliyaga olib ketmaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 11-22 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Bugun futbolchilar va murabbiylar shtabi Toshkent vaqti bilan soat 21:20da Toshkent-Seul-Brisben yo‘nalishi bo‘ylab Avstraliyaga yo‘l olishadi.

Ektor Kuper shu haftaning boshlarida milliy terma jamoaning Avstraliyaga yo‘l oladigan tarkibini e’lon qilgandi. Ammo bugungi kunga kelib uch nafar futbolchi jarohati tufayli Brisbendagi yig‘inda va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bular - terma jamoa sardori, yaqinda «Shanxay SIPG» tarkibida Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov hamda «Paxtakor» futbolchilari Farrux Sayfiyev va Jasur Yaxshiboyev.

Shuningdek, «Paxtakor»ning yana bir a’zosi, diskvalifikatsiya tufayli o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmaydigan Jaloliddin Masharipov tarkibga jalb etilgan. Ektor Kuper Masharipovni Avstraliyaga olib ketishga qaror qilgan.

«Masharipov rasmiy o‘yinlarda maydonga tusha oladi. Bosh murabbiyning iste’dodli yarim himoyachidan umidi katta bo‘lib, Jaloliddin Masharipov 2019 yil yanvarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida jamoamizga yordam berishi uchun murabbiy shunday qarorga kelmoqda», deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.

Bugun Avstraliyaga quyidagi futbolchilar yo‘l olishadi:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)
Eldorbek Suyunov («Paxtakor»)
O‘tkir Yusupov («Qo‘qon-1912")

Himoyachilar:
Anzur Ismoilov («Lokomotiv»)
Davron Hoshimov («Navbahor»)
Vladimir Kozak («Paxtakor»)
Yegor Krimets («Paxtakor»)
Akmal Shorahmedov («Paxtakor»)
Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»)
Doston Tursunov («Neftchi»)
Odil Hamrobekov («Nasaf»)
Oleg Zoteyev («Lokomotiv»)

Yarim himoyachilar:
Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»)
Doston Hamdamov («Anji», Rossiya)
Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»)
Husniddin G‘ofurov («Lokomotiv»)
Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya)
Otabek Shukurov («Sharja», BAA)
Javohir Sidiqov («Qo‘qon-1912»)
Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)

Hujumchi:
Marat Bikmayev («Lokomotiv»)
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?