06:33 / 17.11.2018
3 042

Osiyo kubogi-2019 oldingi chempionatlardan nimasi bilan farq qiladi?

Osiyo kubogi-2019 oldingi chempionatlardan nimasi bilan farq qiladi?
Unda Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Xo‘sh, bu yilgi Osiyo kubogi qanday o‘tadi? Uning oldingilaridan afzalliklari nimada? Quyida aynan shu xususda fikr yuritamiz.

17 bor o‘tkaziladigan qit’a birinchiligining oldingilaridan farqi shundaki, musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni 16 tadan 24 taga ko‘paytirilganidadir. Aynan shu sabab Qirg‘iziston, Filippin va Yaman kabi terma jamoalar ham mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi.

Hindiston va Suriya termalari 4 yillik tanaffusdan so‘ng yana Osiyo kubogiga qaytishdi. Tailand va Vetnam terma jamoalari so‘nggi bor o‘z uylarida o‘tgan birinchilik (2007 yil)da ishtirok etishgan edi va BAA maydonlarida o‘tadigan turnirda ishtirok etish baxti ularga nasib etdi. Shuningdek, yana bir qo‘shnimiz va guruhdagi raqibimiz – Turkmaniston terma jamoasi ham 2004 yildan buyon ilk bor Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Ishtirokchilarni mintaqalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, G‘arbiy Osiyodan 11 ta jamoa BAAdagi turnirda ishtirok etishini ko‘ramiz. Bular BAA, Bahrayn, Suriya, Falastin, Iordaniya, Iroq, Yaman, Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan va Ummon termalaridir.

Jamoalar soni 24 ta bo‘lganidan so‘ng, musobaqa formatida ham o‘zgarish bo‘ldi. Endilikda pley-off bosqichiga faqat guruh g‘oliblari yoki 2-o‘rin egalari emas, balki, 6 guruh orasida eng yaxshi natijani qayd etgan 4 ta jamoa ham turnirdagi yurishini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Mukofot pullari
Osiyo kubogi-2019 ning mukofot jamg‘armasi 14 mln 800 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shu summaning 5 mlni g‘olib jamoaga beriladi. Finalchi esa o‘z g‘aznasini 3 mln AQSh dollariga to‘ldirib oladi. Yarim finalchilar 1 mlndan, musobaqaning barcha ishtirokchilar esa 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lariga ega bo‘lishadi.

Stadionlar

Uchrashuvlar BAAning 4 shahridagi sakkiz stadionda bo‘lib o‘tadi. Bular “Zayid Sports Stedium” (Abu-Dabi, sig‘imi 43 ming), “Muhammad bin Zayid” (Abu-Dabi, 42 ming), “Al Nahyon” (Abu-Dabi, 12 ming), “Maktum bin Rashid al Maktum” (Dubay, 12 ming), “Al Maktum” (Dubay, 12 ming), “Hazza Bin Zayed” (Al-Ayn, 26 ming), “Shayh Xalifa Interneyshnal”(Al-Ayn, 16 ming), “Sharja” (Sharja, 11 ming).

Ochilish va final uchrashuvlari Abu-Dabidagi “Zayid Sports stedium”dab o‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

To‘p
Osiyo kubogi-2019 uchun Yaponiyaning “Molten” kompaniyasi mahsus to‘p ishlab chiqqan. Uning nomi - "Molten Asentec". Qayd etish joiz, mazkur korporatsiya bu mavsumdan boshlab Yevropa ligasi uchun ham to‘plar ishlab chiqarmoqda.

VAR

Osiyo kubogidagi eng katta yangilik bu videoassistent tizimi ya’ni VAR'dan foydalanish bo‘ladi. Faqat mazkur tizim chorak final bahslaridan boshlab qo‘llaniladi. Guruh bosqichi va 1/8 final o‘yinlari bundan mustasno.

Musobaqa timsoli


Osiyo kubogining timsoli sifatida bolakay Mansur va BAA gerbida aks etgan burgut tanlab olingan. Burgutning nomi Jarrah sanaladi.
Shahzod Xolboyev tayyorladi

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi-2019 oldingi chempionatlardan nimasi bilan farq qiladi?