Professional boksda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotgan 24 yoshli o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev 25 noyabr kuni navbatdagi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. U bu bilan birinchi yarim yengil vaznda WBA Inter-Continental chempionlik kamarigi yana o‘zida saqlab qoldi va tashkilot reytingida ushbu vaznda uchinchi o‘rinda bormoqda.
Isaak Zaratega qarshi kechgan jang uning uchun faoliyatidagi 5-to‘qnashuv bo‘ldi. Bu qarama-qarshlikda u o‘z mahorati, tezligi, chidamligi va aniq zarbalari sababli raqibini 9-raundda taslim qildi.
– Jang biz taxmin qilgandek o‘tdi, – deydi Ahmadaliyev. — Zarate aqlli va chidamli bokschi. Bundan tashqari katta tajribaga ham ega. Nokaut qilishim uchun menga faolroq bo‘lish talab etilishini bilardim. Biz asosan gavda bo‘yicha ishlashni rejalashtirgan edik. Uning zarbalarini o‘tkazib yuborishimni bilgandim. Zarate bilan jang menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Hozir men faqatgina jahon chempionligi uchun janglarni kutyapman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi