
Bugun, 14 dekabr kuni Toshkent shahridagi UzExpo markazida O‘zbekiston Profescional ligasining yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda o‘zbek futbolidagi yilning eng yaxshilari taqdirlandi.
Eng yaxshi futzalchi – Jamoliddin Sharipov, AGMK;

Eng yaxshi yosh futbolchi – Oston O‘runov, Navbahor;
Eng chiroyli gol – Sherzod Hakimov, Neftchi;
Eng yaxshi ayol futbolchi – Nilufar Qudratova, Sevinch jamoasi;

"Fair Play" sovrini sohibi – Nasaf FK;
Eng yaxshi darvozabon – Eldor Suyunov, Paxtakor;

Eng yaxshi murabbiy – Andrey Fyodorov, Lokomotiv;
Eng yaxshi futbolchi – Tiago Bezerra, Paxtakor;
Mavsumning eng yaxshi to‘purari – Tiago Bezerra, Paxtakor;
Eng yaxshi marketing xizmati – Navbahor futbol klubi;
Eng yaxshi matbuot xizmati – Nasaf futbol klubi.
Marosim davomida PFL tomonidan yil ramziy terma jamoasi ham e’lon qilindi:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), Farruh Sayfiyev ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Igor Golban ("Nasaf"/"Navbahor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912"), Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv"), Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Marat Bikmayev "Lokomotiv"), Bobir Abduholiqov ("Nasaf), Tiago Bezerra ("Paxtakor").





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar