
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti Vitaliya Mutko 19 dekabr kuni egallab turgan lavozimini tark etdi.
Mutko o‘rniga RFI prezidentligi vazifasini vaqtinchalik boshqarish Rossiya premer-ligasi (RPL) direktori Sergey Pryadkinga topshirildi.
RFI Ijroqo‘mi a’zosi Igor Lebedevning ma’lum qilishicha, Mutko o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. Endilikda 2019 yilning 22 fevral kuni RFIning navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. O‘sha marosimda Ittifoqning yangi rahbari tayinlanadi. 12 fevralga qadar nomzodlar o‘zining saylovoldi kampaniyalarini qilishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Mutko 2017 yilning dekabr oyidan boshlab mazkur lavozimdagi ishini vaqtinchalik to‘xtatib turgandi. Bir yil o‘tib esa u butunlay tashkilot rahbarligidan ketdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar