00:47 / 23.12.2018
3 300

LaLiga. "Barselona" "Selta"ni mag‘lub etdi

LaLiga. "Barselona" "Selta"ni mag‘lub etdi
Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Selta» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Kamp Nou»da kechgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida hisob ochildi: Lionel Messining jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasini raqib posboni bartaraf etdi, biroq qaytgan to‘pni Usmon Dembele yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasi o‘tib borayotgan bir vaqtdi Xordi Alba bitta pas bilan Messini raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi, o‘z navbatida argentinalik hujumchi bu imkoniyatdan unumli foydalandi. Ikkinchi bo‘lim ham katalonlarning nazorati ostida kechdi, biroq tanaffusdan so‘ng hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, ko‘k-anorranglilar ochkolarini 37taga yetkazib olgan holda peshqadamlikda davom etmoqdalar.

La Liga, 17-tur

Barselona – Selta 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 10 Dembele, 2:0 – 45 Messi.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Rakitich, Buskets (Alenya, 86), Vidal (Artur, 63), Dembele (Koutino, 68), Messi, Suares.

Selta – Blanko, Arauxo, Mazan, Malo, Kostas, Brais Mendes, Yokushlu (Lobotka, 46), Xosabed, Bufal (Sisto, 76), Aspas (Beltran, 52), Maksi Gomes.

Ogohlantirish: Aspas (45).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » LaLiga. "Barselona" "Selta"ni mag‘lub etdi
ePN