
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning instagramdagi o‘quvchilari soni 150 millionga yetdi. 33 yoshli portugaliyalik bu marrani zabt etgan ilk inson bo‘ldi.

Ronaldu – o‘quvchilari soni bo‘yicha instagram peshqadami. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda pop-ijrochilar Selena Gomes (144,5 million) va Ariana Grande (141,3 million) bormoqda.
Ronaldudan tashqari, 100 milliondan ortiq o‘quvchiga ega sportchilar - «PSJ» hujumchisi Neymar (108,9 million) va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (105,1 million). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar