14:36 / 03.01.2019
3 306

Ziko Messini Maradona va Pele bilan taqqosladi (foto)

Ziko Messini Maradona va Pele bilan taqqosladi (foto)
Braziliya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Ziko Omnisport muxbiri bilan suhbatda «Barselona» hujumchisi Lionel Messini futbol afsonalari Diyego Maradona va Pele bilan solishtirdi.

«Messi Maradonaga yaqin. Bu degani, nazarimda, uni Pele bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Maradona Messidan biroz oldinroqda, deb hisoblayman. Ammo Pele futbolchiga kerakli barcha sifat va xislatlarga ega: tezlik, kuch, texnika, oyoq zarbasi, bosh bilan o‘ynash, dribling...
Messida ham deyarli barchasi mujassam, ammo unda Peledagi kabi jahon chempioni unvonlari yo‘q. Bu – ko‘p narsani hal qiladigan faktor.

Maradona katta musobaqalarda o‘zini ko‘rsatib yurgan vaqtlarda Argentina termasida hozirgidek yulduzli tarkib yo‘q, jamoa favoritlar qatorida sanalmasdi. Uning yonida hozir Messi birga to‘p surayotgan o‘yinchilardek jamoadoshlari bo‘lmagan», – deya ta’kidlab o‘tdi Ziko.

Foto: Getty Images
Ma’lumot uchun, «Bunyodkor»ning sobiq bosh murabbiyi hozirda Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubida sport direktori sifatida ishlamoqda. Jamoa 2018 yili o‘z tarixida ilk marta Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ziko Messini Maradona va Pele bilan taqqosladi (foto)