23:52 / 13.01.2019
3 248

Ektor Kuper: «Vazifa uddalanganidan mamnunman»

Ektor Kuper: «Vazifa uddalanganidan mamnunman»
Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turiga yakun yasab bergan Turkmaniston–O‘zbekiston (0:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Natijadan juda xursandman. Futbolchilar ayniqsa birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynashdi, deb hisoblayman. Yana bir bor o‘yinimizga hujumkor yoki himoyaviy deb baho bermagan bo‘lardim. Maqsadimiz g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish edi, bu vazifa uddalanganidan juda mamnunmiz», dedi Kuper anjumanning kirish qismida.

– Misrda sizni himoyaviy futbol uchun juda ko‘p tanqid qilishardi. O‘zbekiston esa qo‘l ostingizda mana bunday gollarga boy o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu Osiyo futboli bo‘lgani uchun shunday holat kuzatilmoqdami?
– Har bir murabbiy o‘z o‘yin uslubiga ega bo‘ladi. Yangi jamoaga kelganda murabbiy natija uchun eng maqbul uslubni tanlaydi. Ummonga qarshi o‘yinda ham xuddi bugungidek o‘yin ko‘rsatmoqchi bo‘lgandik, ammo buni uddalash qiyin bo‘lgandi. Futbol barcha joyda bir xil.

– Zahiradan tushgan Ikrom Aliboyev va Fozil Musayevning o‘yini haqida nima deya olasiz?
– Oldin ham aytganman, men aynan bir futbolchini yakka holda muhokama qilmayman. Aliboyev haqida aytishim mumkinki, u ko‘plab pozitsiyalarda o‘ynay oladi. Uchrashuvlar davomida o‘yinning borishiga qarab o‘yinchi almashtirishdan foydalanamiz.

– Men shogirdlarimni doimo maydonga g‘alaba uchun tushishga o‘rgatganman. Qandaydir strategik maqsadlar uchun xotirjamlik va bemalol o‘yin ko‘rsatish kabilar haqida o‘ylamayman.

Eslatib o‘tamiz, ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi ochkolari sonini 6taga yetkazgan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoa 3-turni 17 yanvar, payshanba kuni Yaponiya termasiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: «Vazifa uddalanganidan mamnunman»