
Professional boksda muvaqffaqiyatli faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik Husniddin Po‘latov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Vetnamning Xoshimin shahrida tashkil etilgan boks kechasida hamyurtimiz WBA Asia chempionlik kamarini himoya qilishning uddasidan chiqdi.
12 raund etib belgilangan himoya jangida unga filippinlik Rodel Venkeslao (13-17-2) raqiblik qildi. Jang to‘liq 12 raund davom etib, unda Husniddin ochkolar bo‘yicha Rodelni mag‘lub qilib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Husniddin ushbu kamarni o‘tgan yili 15 sentyabr kuni indoneziyalik Sahlan Koralni (17-7-0, KO10) texnik nokautga uchratib qo‘lga kiritgan edi. U professional ringda jami 10 ta jang o‘tkazib, shulardan 7 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 tasida raqiblarining qo‘li baland kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar