
Foto: Twitter/@ChelseaFC
Londonning «Chelsi» klubi «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguainni ijaraga oldi. Bu haqda London klubi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Foto: Twitter/@ChelseaFC
Argentinalik futbolchi joriy mavsumning birinchi davrasini «Milan» tarkibida o‘tkazdi.
Londonliklar Iguainning 6 oylik ijarasi uchun 9 million yevro to‘laydi. «Chelsi» mavsum oxirida ijara muddatini 18 million yevro evaziga 2020 yilning yoziga qadar uzaytirishi yoki forvardni 36 millionga sotib olishi mumkin. Argentinalik «ko‘klar» safida 9-raqamda to‘p tepadi.
Gonsalo Iguain joriy mavsum A Seriyada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar