06:00 / 29.01.2019
4 011

“Barselona” de Yongni Neymarning afsuslarga toʻla xatlarini koʻrsatib oʻziga ogʻdirgan

“Barselona” de Yongni Neymarning afsuslarga toʻla xatlarini koʻrsatib oʻziga ogʻdirgan
“Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong “Barselona” futbolchisiga aylandi va yozda katalonlar safiga kelib qoʻshiladi.
21 yoshli futbolchida “Barsa” yoki “PSJ”dan birini tanlash imkoniyati bor edi. AS nashrining maʼlumotlariga koʻra, futbolchi uchun hal qiluvchi vaziyat Neymarning fikrlari boʻlgan.

Neymar avvalroq “Barselona”da toʻp surgan, hozirda esa parijliklar klubida faoliyat yuritadi. Taʼkidlanishicha, “Barselona” vakillari de Yongga Neymar “PSJ”ga oʻtganidan afsusda ekani haqida yozilgan xatlarni koʻrsatishgan.

Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona” vakillari va futbolchilari bilan bir necha bor suxbat qurgan. Unda futbolchi Fransiya ligasining saviyasizligi, ob-havo va raqib tomonidan namoyish qilinadigan qoʻpol oʻyinlardan noligan.
Aynan mana shu xabarlar gollandiyalik futbolchi “Barselona”ni tanlashiga asos boʻlgan.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” de Yongni Neymarning afsuslarga toʻla xatlarini koʻrsatib oʻziga ogʻdirgan