Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining finalidan o‘rin olgan Yaponiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Hal qiluvchi bahsda qatarliklarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lim hisobni Qatar termasi ochdi. 12-daqiqada Al-Moiz Ali jarima maydoni ichida to‘pni to‘g‘irlab oldi va chalqancha usulda darvozani ishg‘ol qilib, chiroyli golga muallif bo‘ldi.
Shundan so‘ng yaponlar faollikni oshirishdi, biroq qatarliklarning hujumlari xavfliroq tus oldi. 27-daqiqa Abdulaziz Hatim szoq masofadan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasining ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida o‘tdi va vaqt o‘tgan sayin ustunlik sharqiyosiyoliklar tomoniga o‘tdi. Ktema-ket hujumlar 69-daqiqada o‘z samarasini berdi. Yaponlar jarima maydoniga yorib kirishdi va Minamino vaziyatni gol bilan yakunladi.
So‘nggi o‘n daqiqalik boshlangan vaqtda Maya Yoshida o‘z jarima maydonida qo‘li bilan harakat qildi. Videotakrorlardan so‘ng Ravshan Ermatov penalti belgiladi, uni Akrom Afif aniq bajarib o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, Qatar o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogini qo‘lga kiritdi.
Osiyo Kubogi-2019
Final
Yaponiya – Qatar 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 12 Ali, 0:2 – 27 Hatim, 1:2 – 69 Minamino, 1:3 – 83, penalti Afif.
Yaponiya – Shuichi Gonda, Maya Yoshida, Takaxiro Tomiyasu, Yuto Nagatomo, Sukasa Shiotani, Ritsu Doan, Gaku Shibasaki, Takumi Minamino (Takashi Inui, 89), Genki Xaraguchi (Yoshinori Muto, 62), Xiroki Sakai, Yuya Osako.
Qatar – Saad Al-Sheb, Bassam Al-Roviy, Abdulkarim Hassan, Pedru Migel, Bulaim Huhi (Al-Hajri, 61), Tariq Salmon, Abdulaziz Hatim, Umar Madibo, Akrom Afif, Holid Al-Haydos (Budiaf, 74), Al-Moiz Ali (Alaa Ahmad 90+5).
Ogohlantirishlar: Shibasaki (20), Yoshida (82), Afif (83), Sakai (86), Korrea (90+3).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi