
OChL-2019 saralash bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.
- "AGMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi raundda ularga omad tilayman. Bizga jamoamizning zahirasi juda torligi pand berdi. O‘yinga keladigan bo‘lsam, doimgi qishki futbol guvohiga aylandik. Endi jamoani OFK kubogi guruh bosqichiga tayyorlash lozim. Buning uchun esa seleksiya ishlarini yanada jiddiyroq olib borish talab etiladi. Tarkibni kuchaytirmasak bo‘lmaydi", - deya o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Hakim Fuzaylov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar