07:50 / 16.02.2019
3 660

Putin va Lukashenko bir jamoada xokkey o‘ynashdi (foto, video)

Putin va Lukashenko bir jamoada xokkey o‘ynashdi (foto, video)
Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko 15 fevralda Sochidagi “Shayba” muz arenasida xokkey bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishdi.
Ikki yetakchi bir jamoada – “Yo‘lbarslar” jamoasida harakat qilib, “Ayiqlar” jamoasini 16:1 hisobida tor-mor etishgan.
Ushbu uchrashuv ikki davlat rahbarlarining uch kunlik muzokaralariga ajoyib nuqta yasagan.


Uchrashuv 15 daqiqadan 3 taym davom etgan. Prezidentlar bilan bir jamoada Lukashenkoning o‘g‘li Nikolay ham birga shayba surdi. Belarus prezidenti va o‘g‘li muzga 1-raqam, Putin esa 11-raqam ostida chiqishgan.

Putin va ota-o‘g‘il Lukashenko o‘z hisoblariga shaybalar yozib qo‘yishgan. Darvozaning ishg‘ol qilinishi bilan yakunlangan bir qator vaziyatlar uchavlonning birgalikdagi kombinatsiyasi natijasi bo‘lgan.

Lukashenko va Putin birinchi marta birgalikda muzga chiqishlari emas. Rossiya prezidenti xorijiy hamkasblarini xokkey o‘ynab turishga chaqirib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Putin va Lukashenko bir jamoada xokkey o‘ynashdi (foto, video)