
Foto: gosport.uz
Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) 19 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.
Avvalroq Murodjon 26 aprel kuni navbatdagi jangi uchun ringga ko‘tarilishi ma’lum qilingandi. Biroq bokschining promouterlari biroz oldinroq muddatda jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Kelishuvga ko‘ra, 19 aprel kuni Ahmadaliyev birinchi yarim yengil (-53,42 kg) vazn toifasida NABF yo‘nalishi chempioni, eng nufuzli yo‘nalish WBC jahon chempionligi uchun jang o‘tkazgan meksikalik Karlos Karlsonga (23 ta g‘alaba, 14 ta nokaut, 5 ta mag‘lubiyat) qarshi ringga chiqadi.
Ma’lumot uchun, Karlson 2017 yilda WBC chempionlik kamari uchun jangda yaponiyalik Shinsuke Yamanakaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar