3 405
Ravshan Ermatov: "Futbolimizdagi og‘ir holatni bilib turib, tomoshabin bo‘lish vijdonimga aslo to‘g‘ri kelmaydi"
FIFA hakami Ravshan Ermatov O‘FA Birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.
"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o‘z nomimdan katta rahmat aytaman.
Ochig‘i bu yerda turishdan ko‘ra futbol maydonida turish qulayroqdek tuyulmoqda (kuladi). Lekin futbolimiz oldida turgan og‘ir, jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo‘lib turish, ona vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko‘rishim va vijdonimga aslo to‘g‘ri kelmaydi. Albatta futbol bu jamoaviy o‘yin.
Agarda barchamiz birlashib, ahil bo‘lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo‘lida futbolga xizmat qilsak ishonchim komilki har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz", - deydi O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?