O‘zbekistonning JCh-2022 saralash bosqichining ikkinchi raundini o‘zidan kuchsiz bo‘lgan Falastinga yutqazgan holda boshlagani keskin tanqid ostiga olinayotgani to‘g‘ri, albatta. Hammani g‘azablantirgan va qattiq ranjitgan bu o‘yin atrofida turli gap-so‘zlar paydo bo‘lmoqda.
Ayniqsa, jamoa o‘yini va murabbiy tomon jiddiy tanqidlar aytilayotgani ham tabiiy hol. O‘zbek futboli tarixida esa o‘zidan nom qoldirgan, afsonaga aylangan kishilarimiz ham bor. Birodar Abduraimov ana shunday insonlardan biri. Terma jamoamizning mag‘lubiyatidan qattiq xafa bo‘lgan mutaxassisdan jamoaga taalluqli ayrim savollarga javoblar oldik.
- Birodar Hasanovich terma jamoamizning Falastinga qarshi o‘yini haqida qanday izoh bera olasiz?
- Qisqacha aytaman: yurt uchun bunaqa futbol o‘ynalmaydi. Bunday o‘ynagandan ko‘ra o‘ynamagan yaxshi. O‘yingacha muloyim bo‘lamiz-u, o‘yinga chiqqanda hamma o‘zini chetga olyapti. Bu mumkin emas. Yo futbol o‘ynash kerak yoki umuman o‘ynashmasin. Mamlakatni bunday o‘yin bilan sharmanda qilish umuman kerak emas. Buning ustiga raqib qo‘pol o‘ynasa, biznikilar o‘zini chetga oldi. Xullas, biznikilar o‘ynashmadi. Taktika haqida murabbiylarning o‘zlari bilishadi. Chunki jamoaning o‘z murabbiyi bor. Yutqazgandan keyin bahona qidirishning hojati yo‘q.
- Bu mag‘lubiyatdan so‘ng endi ko‘pchilik Ektor Kuperning iste’fosini talab qilishmoqda. Sizningcha, u qolishi kerakmi yoki ketishi?!
- O‘rtada shartnoma bor-ku. Shartnoma qanday tuzilganidan biz xabardor emasmiz. Hozir terma jamoa saralash bosqichidagi endi birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Balki keyingi uchrashuvlarda vaziyat o‘zgarib, g‘alabalar qozonishni boshlarmiz. Lekin bu mag‘lubiyat hammamizni ranjitdi. O‘zbek futboli o‘zining hujumchilari bilan hammaga tanilgan. Hammasi murabbiyga bog‘liq. Xalq futbol uchun keladi-da, ularni hujumkor o‘yin bilan xursand qilish lozim.
- Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda Birodar Abduraimov qanday maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladi?
- Bizga hali biror nima haqida gapirish u yoqda tursin, murabbiy bilan tanishmaganmiz hatto. O‘FAdagilar bir og‘iz bizni tanishtirishganida ularga o‘zimizning takliflarimizni aytardik. Lekin chaqirishmagan va bir-birimizni bilmaymiz ham. «Paxtakor» stadionida o‘yin bo‘lsa, ular nariroqda o‘tirishadi. Ammo meni bilmagan va tanimagan odamning oldiga men pistonchiman deb bormayman-ku. Afsuski, O‘FAdagilar bu borada tanishtirishmagan ham, bu ularning kamchiligi deb o‘ylayman.
- Baribir Falastinga yutqazib qo‘yganimizni xazm qilish qiyin bo‘lyapti…
- Afsuski, futbolimiz shu havolga tushib qoldi. O‘zbekiston kim-u, ular kim? To‘g‘ri, yutqazish har qanday jamoaga mumkin. Lekin bunday raqibga…ochig‘i, vatan uchun bunday mag‘lubiyatga sira rozi bo‘lolmayman. Futbolchilarimiz yurt uchun o‘ynashganida bunday bo‘lmasdi.
Shuhratbek Jo‘rayev
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi