Bir necha soat avvval, yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliyev kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazdi. 55,3 kg vazn toifasidagi 10 raundlik jang muddatidan avval yakunlandi. Jang 4-raundda to‘xtatildi. Texnik nokaut bilan hamyurtimiz g‘alabani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Mazkur jang Murodjonning profi ringdagi 7- jangi bo‘ldi. Ma’lumki, ushba janglarni barchasida Ahmadaliyev g‘alaba qozongan. Soto esa yurtdoshimizdan anchagina tajribali bo‘lib, bugun u professional ringdagi 29-jangini o‘tkazdi. Faoliyatida bugungini qo‘shib hisoblaganda yetti bora mag‘lubiyatga uchragan. 22 ta jangda g‘alabaga erisha olgan edi.
Eslatib o‘tamiz: Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Romanga qarshi jang olib borishi lozim edi. Ammo, Romanning jarohati sabab, bu jang bekor bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi