
Sudan terma jamoasi bosh murabbiyi Zdravko Logarushich Nikaragua terma jamoasi sardori Xuan Barreraning ortidan yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda FIFAning firibgarlik qilganini iddao qilmoqda.
Logarushichning so‘zlariga ko‘ra u o‘z ro‘yxatida birinchi o‘ringa Muhammad Saloh, ikkinchi o‘ringa Sadio Mane va uchinchi o‘ringa Virjil van Deykni qo‘ygan. Biroq, FIFAning rasmiy hisobotida u "Barselona" forvardi Lionel Messiga ovoz bergani ma’lum bo‘lgan.
U yuqoridagi ayblovi asossiz bo‘lib qolmasligi uchun FIFAga yuborgan xatining suratini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, yakunda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb Lionel Messi topildi. U van Deykdan bor yo‘g‘i 8 ochko ko‘p to‘plagan xolos. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar