
Amaldagi chempion - "Barselona" bu tur safrda "Levante"ga qarshi bahs olib bordi va birinchi bo‘limni Messining penaltidan kiritgan goli evaziga 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan tugatganiga qaramay, ikkinchi bo‘limda o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi va shu tariqa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Biz mag‘lub bo‘ldik, bo‘ldi. O‘yinni tahlil qilib chiqamiz.
- Ikkinchi bo‘limda nima bo‘ldi?
- Biz taymni yaxshi boshlay olmadik. Raqib darvozasi oldida aytarli xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olmadik. Aslida raqib ham u qadar ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lmadi, biroq 2 daqiqa ichida 2 ta gol kiritishga erishdi.
- Shogirdlaringizning o‘yinidan hayratlandingizmi? Iste’fo haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
- Yo‘q. Bu siz bergan har ikkala savolga ham javob. Men bundan qo‘rqmayman. Men kelajakni ko‘rmoqchiman.
- Safar bahslarida yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun nimalar qilish lozim?
- Biz joriy yilgi mavsumda mehmonda ham ko‘plab bellashuvlarda g‘alabaga erishdik.
BarselonaErnesto ValverdeLevanteO'yin TahliliIkkinchi Bo'limMag'lubiyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar