
AOKAda 2018 yil 16 martda e’lon qilingan «2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda O‘FA rahbariyatidan klublarni xususiylashtirish borasida qanday ish olib borilayotgani haqida so‘raldi. Bu savolga O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov javob berdi.
«Dunyo futbolida ko‘plab katta jamoalar xususiy hisoblanadi. Klublarning o‘z egasi bor va ular o‘sha klublarga foyda olish uchun investitsiya tikadi. Albatta, klublarning xususiy bo‘lishi futbolni faqat rivojlantiradi. Bizda hozir faqat ikkita xususiy klub bor: «Paxtakor» va «Qo‘qon-1912». Umid qilaman, bunday jamoalar soni oshadi»,— deb Ermatovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Futbolni RivojlantirishO‘zbekiston RespublikasiKlublarni XususiylashtirishRavshan ErmatovXususiy KlubPaxtakor Qo‘qon-1912 O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar