
O‘zbekiston milliy terma jamoasi kechagi mashg‘ulotlarini TTYMI stadionida o‘tkazdi.
Mashg‘ulotlar jarayonini kuzatib futbolchilar yuzida tushkunlik yo‘qligiga guvoh bo‘ldik. Barcha bir maqsad yo‘lida harakat qilmoqda, ishtiyoq yuqori darajada. Yuqoridagi so‘zlarimizga terma jamoa a’zosi Jaloliddin Masharipov ham qo‘shilgan holda, oldinda kutayotgan uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Saudiya Arabistoni bilan kechgan o‘yinni esdan chiqardik. Boisi, oldinda mas’uliyatli uchrashuvlar bor. Bu bilan to‘xtab qolmaymiz, uch ochko qo‘lga kiritadigan bahslar kutib turibdi. Mag‘lubiyatni unutib, Falastinga qarshi tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Kayfiyat a’lo darajada. Ertangi raqib haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi turda safarda o‘tkazgan o‘yinimizni ko‘rib chiqdik.
Murabbiylarning ko‘rsatmalari asosida harakat qilamiz va g‘alaba uchun borimizni beramiz. Nasib qilsa ertaga muxlislarga manzur keladigan futbol namoyish etamiz. Ishqibozlardan stadionga kelib yana shunday qo‘llab-quvvatlashlarini va biz bilan oxirgacha bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz ham g‘alaba bilan ularni xursand qilishga intilamiz”, - dedi Jaloliddin Masharipov.
Manba: championat.asia
O‘zbekiston Milliy Terma JamoasiJaloliddin MasharipovSaudiya ArabistoniFalastinga QarshiFutbol Mashg‘ulotiG‘alaba Uchun O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar